Primebrain
Yangi avlod Olimpiadalari
Foydalanish shartlari
PrimeBrain Olympiads edu.net.uz Oxirgi yangilanish: 15.12.2025

Ushbu Foydalanish shartlari (“Shartlar”) PrimeBrain Olympiads platformasidan foydalanish qoidalarini belgilaydi. Saytdan foydalanish orqali Siz ushbu Shartlarga to‘liq rozilik bildirasiz.

1 Umumiy qoidalar

PrimeBrain Olympiads — bu raqamli, sun’iy intellekt asosidagi olimpiada va bilimlarni baholash platformasi hisoblanadi.

Platformadan foydalanish faqat ushbu Shartlarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi.

2 Foydalanuvchi majburiyatlari

  • To‘g‘ri va haqqoniy ma’lumotlar kiritish
  • Bir shaxs — bir akkaunt tamoyiliga rioya qilish
  • Testlar va olimpiadalar davomida mustaqil ishlash
  • Firibgarlik, aldov, texnik manipulyatsiyalardan foydalanmaslik

3 Platforma huquqlari

PrimeBrain Olympiads quyidagi huquqlarga ega:

  • Platforma funksiyalarini istalgan vaqtda o‘zgartirish yoki yangilash
  • Olimpiada reglamentlarini belgilash va yangilash
  • Sun’iy intellekt va avtomatlashtirilgan tizimlar orqali natijalarni baholash
Muhim: PrimeBrain Olympiads o‘z reglamenti va ichki qoidalariga mos kelmagan, shuningdek adolat, xavfsizlik yoki halollik tamoyillarini buzgan har qanday ishtirokchini oldindan ogohlantirishsiz vaqtincha yoki doimiy bloklash, chetlashtirish yoki natijalarini bekor qilish, huquqini o‘zida saqlab qoladi.

4 Natijalar va mukofotlar

Natijalar sun’iy intellekt, avtomatlashtirilgan tekshiruv va reglament asosida shakllantiriladi.

Texnik nosozliklar, shubhali holatlar yoki qoidabuzarlik aniqlansa, natijalar qayta ko‘rib chiqilishi yoki bekor qilinishi mumkin.

5 To‘lovlar

Ishtirok badallari qaytarilmasligi mumkin, agar reglamentda boshqacha ko‘rsatilmagan bo‘lsa.

Platforma texnik xizmat, xavfsizlik yoki qoidabuzarlik sabab ishtirokni bekor qilgan holatlarda to‘lov qaytarilmasligi mumkin.

6 Mas’uliyatni cheklash

Platforma internet, qurilma yoki uchinchi tomon xizmatlari sabab yuzaga kelgan uzilishlar uchun to‘liq javobgar bo‘lmasligi mumkin.

7 Yakuniy qoidalar

Ushbu Shartlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq talqin qilinadi.

Eslatma: Saytdan foydalanishni davom ettirish ushbu Shartlarga to‘liq rozilikni anglatadi. Bizning shartlar o'zgarib turishi mumkin. Buni ham inobatga olishingiz so'raladi.